Qorabog`dagi janglar natijasida kamida 200 kishi halok bo`lgan. Bu haqda Qorabog` Ombudsmani Gegam Stepanyan ma`lum qildi.
“20 sentyabr kuni soat 21:30 holatiga ko`ra, huquq himoyachisi idorasi ma`lumotlariga ko`ra, kamida 200 kishi halok bo`lgan va 400 dan ortiq yaralangan”, — deb yozgan Stepanyan.
Uning so`zlariga ko`ra, tinch aholi orasida yaralanganlar soni 40 kishidan oshgan, ulardan 13 nafari bolalardir. Halok bo`lganlar orasida 10 nafar tinch aholi vakillari, ularning yarmi bolalar edi.
19 sentyabr kuni Ozarbayjon "mahalliy xarakterdagi aksilterror choralari"ni e`lon qildi. Oradan bir kun o`tib tomonlar armiyani tarqatib yuborish sharti bilan o`t ochishni to`xtatishga kelishib oldilar. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so`zlariga ko`ra, arman tomoni kelishuv muhokamasida ishtirok etmagan. Pashinyan Ozarbayjonning maqsadi Erevanni jangovar harakatlarga tortish ekanligini aytdi. Armaniston hukumati DQRga hech qanday yordam ko`rsatmadi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev fuqarolarga murojaatida Qorabog`dagi "operasiya"ning barcha topshiriqlari 24 soat ichida bajarilganini va mamlakat suverenitetini tiklaganini ta`kidladi.