AsosiyDunyo

Ukraina bo`ylab yana havo hujumi haqida ogohlantirish e`lon qilindi

'Ukraina bo`ylab yana havo hujumi haqida ogohlantirish e`lon qilindi'ning rasmi

Mamlakatning Raqamli transformasiyalar vazirligining onlayn xaritasida xabar qilinishicha, butun Ukraina bo`ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e`lon qilingan. Volin, Lvov, Ivano-Frankivsk, Ternopol va Transkarpat viloyatlarida 05:43 da signal eshitildi.

Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari qo`mondonligi ehtimoliy raketa zarbalari haqida ma`lum qildi. Ukrainaning bir qancha hududlarida birinchi marta tunda, taxminan soat 4:53 da signal e`lon qilindi. "Zerkalo Nedeli" nashri Kiev viloyatidagi portlashlar haqida, «Publis» - Cherkas viloyatidagi portlashlar haqida xabar berdi. Kiev meri Vitaliy Klichko poytaxtdagi portlashlar haqida xabar berdi. 

    Boshqa yangiliklar