AsosiyDunyo

O`zbekiston banklari Rossiyada valyuta savdolarida ishtirok etishlari mumkin

'O`zbekiston banklari Rossiyada valyuta savdolarida ishtirok etishlari mumkin'ning rasmi

Xorijiy kredit tashkilotlari hamda do`st va neytral davlatlarning brokerlariga Rossiya valyuta bozorida, shuningdek derivativlar bozorida savdo qilishga ruxsat beriladi. Bunday davlatlar ro`yxatini tasdiqlash haqidagi buyruqni bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan.

Ro`yxatga 30 dan ortiq davlat kiritilgan. Bular Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Jazoir, Bangladesh, Bahrayn, Braziliya, Venesuela, Vetnam, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog`iston, Qatar, Xitoy, Kuba, Malayziya, Marokash, Mo`g`uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tailand, Turkiya, Janubiy Afrika.

Qaror 2023 yil iyul oyida qabul qilingan "Tashkiliy savdo to`g`risida"ga Federal qonunining yangi normalarini amalga oshirish uchun tayyorlangan. Ushbu normalar do`st va neytral mamlakatlar milliy valyutalarini to`g`ridan-to`g`ri konvertasiya qilish mexanizmi samaradorligini oshirishga va Rossiya iqtisodiyotining milliy valyutada hisob-kitoblarga bo`lgan talabini qondirish uchun rublga to`g`ridan-to`g`ri kotirovkalarni shakllantirishga qaratilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar