AirPods simsiz quloqchinlari hatto oshqozon ichida ishlashga qodir - bunday naushniklardan birini amerikalik Mo Kennedi uyqusida tasodifan yutib yuborib isbotladi.
Tez yordam bo`limiga murojaat qilgan qiz yarim tunda uyg`onib eshitish moslamasini yutib yuborganini anglaganini aytdi. Kompyuter tomografiyasi naushnik xavfli holatda oshqazonga tiqilib qolganligini ko`rsatadi. Bemorda endoskopik jarrohlik amaliyoti o`tkaziladi. Tanadan chiqarib olingan naushnik hali ham ishlayotgan edi.
"Umuman olganda, men 100 foiz AirPods Pro tavsiya qilaman, lekin 1000 foiz ularni iste`mol qilishni tavsiya etmayman", dedi Mo Kennedi o`zining ijtimoy tarmoq kuzatuvchilariga.