O`zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva Namangan viloyatiga shaxsan davlat rahbarining topshiriqlari bilan etib bordi.
Saida Mirziyoevaning ma`lum qilishicha, bolalarning kayfiyati yaxshi, hammasi asta-sekin tuzalmoqda. Ularning ko`pchiligi sog`aygani uchun uyiga — oilasi bag`riga qaytarilgan.
“Vaziyatni ko`zimiz bilan ko`rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko`pchiligi sog`aygani uchun uyiga - oilasi bag`riga qaytarilgan.
⠀
Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.
⠀
Shundan so`ng bog`cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo`lgan holat yuzasidan sog`liqni saqlash, SES, ta`lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig`ilish o`tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik.
⠀
Hozirda o`rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo`shimcha ravishda xabar qilinadi.
⠀
Bugungi kunda mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o`tkazildi”, — deydi Saida Mirziyoeva.