Britaniyaning ikkinchi yirik aeroporti Gatvikda o`nlab reyslar bekor qilindi yoki kechiktirildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Aeroport xodimlari orasida koronavirus aniqlangan.
Avvalroq Gatvikda aviadispetcherlar etishmasligi sababli 40 dan ortiq reyslar bekor qilingan yoki kechiktirilgan edi. Bungacha, avgust oyi oxirida Buyuk Britaniyaning NATS tizimidagi texnik nosozlik butun mamlakat bo`ylab 2000 ga yaqin reyslarning bekor qilinishi va kechikishiga sabab bo`lgan.
Buyuk Britaniya aeroportlari mamlakatning Evropa Ittifoqidan chiqishi va koronavirus pandemiyasi tufayli ishchi kuchi tanqisligi kabi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.