Joriy yilning 15 oktyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida uchrashadi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, uchrashuvda aviasiya texnikasini birgalikda ishlab chiqarish va Belarusdan Sankt-Peterburggacha temir yo`l liniyasini qurish masalalarini muhokama qilinadi.
"Biz 15 oktyabr kuni Qirg`izistonda uchrashamiz", – dedi Lukashenko Minskda bo`lgan Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bilan uchrashuvda.
Shuningdek, Lukashenko dushanba kuni Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, unda Belarus-Rossiya o`rtasidagi yirik loyihalar muhokama qilingani ta`kidlagan.