Finlandiya sobiq bosh vaziri Sanna Marin televidenie, kino, media va ko`ngilochar sohalar uchun iste`dodlarni izlashga ixtisoslashgan Range Media Partners kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Range Media Partners dunyo yulduzlari, jumladan Hollivud yulduzlari bilan hamkorlik qiladi.
Marin avvalroq Toni Bler instituti bilan siyosiy etakchilarga maslahat beradigan strategik maslahatchi sifatida hamkorlik qilish niyatini bildirgan edi.
Finlandiya parlamenti 2019 yil dekabrm oyida Sanna Marinni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash uchun ovoz bergandi.
O`shanda 34 yoshda bo`lgan siyosatchi dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylangan.
Aprel oyida bo`lib o`tgan parlament saylovlaridagi mag`lubiyatdan so`ng u rahbarlik qilgan Sosial-demokratik partiya iste`foga chiqdi.