1

Xanchjou-2022: Eshkak eshuvchilarimiz bugun uchta medalni qo`lga kiritishdi

Sport 02.10.2023, 09:28
Xanchjou-2022: Eshkak eshuvchilarimiz bugun uchta medalni qo`lga kiritishdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha bugungi kun dasturidan o`rin olgan bellashuvlar yakunlandi. 

O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 2 ta kumush (MK1 1000 metr, MS1 1000 metr) va 1 ta bronza (WK2 500 metr) medallariga sazovor bo`lishdi.

Shuningdek, 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo`yicha juftlik bahslarida Artur Guliev hamda Kamron Ahtamov to`rtinchi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayzieva esa beshinchi bo`lib marraga keldi. Xuddi shu masofada startga chiqqan baydarkachi yigitlarimiz Denis Onufriev hamda Ozodjon Amriddinov esa ettinchi pog`onadan joy olishdi.

Ertaga hamyurtlarimiz yana 6 ta dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1