Ozarbayjon bosh prokurori Kamran Aliev, tan olinmagan Tog`li Qorabog` Respublikasining sobiq prezidenti Arayik Arutyunyan, shuningdek, DQR sobiq mudofaa vaziri Jalol Arutyunyan xalqaro qidiruvga berdi.
“(DQR sobiq tashqi ishlar vaziri – tahr.) David Babayan, Arayik Arutyunyan, Jalol Arutyunyan Ganjaning tinch aholisi raketa zarbalari bilan o`qqa tutilgani va ikkinchi hujum paytida tinch aholi o`ldirilgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan edi. Ulardan biri allaqachon hibsga olingan, tergov qilinmoqda. Yaqin kunlarda Ozarbayjon jamoatchiligi batafsil ma`lumotga ega bo`ladi”, - deya Alievning so`zlaridan iqtibos keltirgan Trend agentligi.






