Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi yonida sodir etilgan portlashni mamlakatda terrorchi deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) ikki nafar a`zosi amalga oshirgani aniqlandi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.
O`tkazilgan tadqiqotlar va DNK tahlillari natijasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi terakt tashkilotchilaridan birining ismi Hasan O`g`uz, ikkinchisi O`zkan Shahin ekanligini aniqladi.






