AsosiyDunyo

Kimyo bo`yicha Nobel mukofotini kimlar olishi ma`lum bo`ldi

'Kimyo bo`yicha Nobel mukofotini kimlar olishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2023 yil uchun kimyo bo`yicha Nobel mukofoti AQShdan uch nafar olim – Mungi Bavendi, Luic Bryus va asli kelib chiqishi rossiyalik Aleksey Ekimovga beriladi. Bu haqda Nobel qo`mitasi o`z qarorini 4 oktyabr, chorshanba kuni e`lon qildi.

Mukofot ularga kvant nuqtalarini kashf etgani va sintez qilgani uchun topshiriladi - bu zarralar shunchalik kichikki, o`lchamlari ularning xususiyatlarini belgilaydi.

4 oktyabr kuni ertalab Shvesiya OAV Qirollik Fanlar akademiyasi kimyo bo`yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi rasman e`lon qilinishidan bir necha soat oldin xatolik tufayli mukofot sovrindorlari nomini elektron pochta orqali tarqatib yuborgani haqida xabar qildi. Ro`yxatda Mungi Bavendi, Luis Bryus va Aleksey Ekimovlar bo`lgan.

Shundan so`ng Qirollik Fanlar akademiyasi mukofotni kim olishi haqida yakuniy qaror qabul qilinmaganini, rasmiy e`lonni kutish kerakligini aytdi.

Nobel haftaligi davomida 5 oktyabr kuni adabiyot bo`yicha mukofot sohibi e`lon qilinadi. 6 oktyabr kuni Osloda tinchlik bo`yicha mukofot laureati nomi e`lon qilinadi, 9 oktyabrda esa iqtisod bo`yicha Alfred Nobel mukofoti sovrindori nomi ma`lum bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar