AsosiyJamiyat

O`zMU prorektori murojaatchi ayolni haqorat qildi (video)

'O`zMU prorektori murojaatchi ayolni haqorat qildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Milliy universiteti prorektori murojaatchi ayolni haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. 

Universiteti matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat 2023 yil sentyabr oyi birinchi o`n kunligida ro`y bergan. Murojaatchi ayol prorektor qabuliga kirgan. Qizi geologiya fakulteti 1-kursi kechki bo`limga o`qishga kirganini aytib, talabalar turar joyidan o`rin ajratish va ish bilan ta`minlashni talab qilgan. 

"Prorektor murojaatchiga kechki ta`lim shaklida tahsil oladigan talabalar uchun yotoqxona etishmasligi, o`rinlar kunduzgi ta`lim shaklida o`qiydigan talabalarni qamrab olganini bildirgan. Murojaatchi tushunishni xohlamay, u holdai ish bilan ta`minlash talabini qo`ygan. Prorektor agar imkoniyat topsak, maktablardan ish gaplashib beramiz, deb kerakli tavsiyalarni bergan. Ayol esa farzandiga universitetdan ish hal qilib berish talabini qo`ygan.

Talablari to`liq qanoatlantirilmagan ayol ketar chog`ida universitet rahbariyati va prorektorni o`rinsiz haqoratlab ketgan. Kurakda turmaydigan so`zlar prorektorning nafsoniyatiga tekkan va u ham ayolga nisbatan qo`pol so`zlarni ishlatgan. Shu vaziyat murojaatchi tomonidan yozib olingan va “prorektor murojaatchi ayolni haqorat qildi” degan ma`nodagi qismi tarqatilgan. Mazkur vaziyatga prorektor kotibasi, universitet xotin-qizlar qo`mitasi raisi hamda qabuldagi fuqarolar guvoh bo`lishgan", deyladi bayonotda.

Universitet prorektori bilan ro`y bergan ushbu holatda adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to`liq o`rganilib, holatga huquqiy baho berilgunicha hozirda videoda aks etgan prorektor o`z vazifasidan vaqtincha chetlatildi va uning vazifalari universitetning boshqa mas`ul prorektoriga yuklatilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar