1

Xalqaro qidiruvdagi o`zbekistonlik ayol Toshkentga olib kelindi

Jinoyat 05.10.2023, 09:26
Xalqaro qidiruvdagi o`zbekistonlik ayol Toshkentga olib kelindi

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Interpolning O`zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.

Qidirilayotgan shaxs 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va go`zal hayotni va`da qilib, qizlarni chet elga olib kelgan va u erda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qo`yib, ularni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilgan.

Jinoyatchini qo`lga olish hamda O`zbekistonga ekstradisiyasini ta`minlash Toshkent va Maskaziy Interpol Milliy markazi byurolari o`rtasida o`rnatilgan hamkorlik, tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1