1

Xanchjou-2022: Hasanboy Do`smatov chempion bo`ldi

Sport 05.10.2023, 17:14
Xanchjou-2022: Hasanboy Do`smatov chempion bo`ldi

Boks bo`yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do`smatov Osiyo O`yinlari-2022da ham chempionlikni qo`lga kiritdi.  

-51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi finalda tailandlik Titisan Panmotni mag`lub etib, musobaqada oltin medalini qo`lga kiritdi. Do`smatov avvalgi Osiyo O`yinlari – Jakarta-2018da kumush medaliga ega chiqqandi. Bu oltin O`zbekiston delegasiyasining Xanchjoudagi 17-oltin medaliga aylandi.

Birozdan so`ng Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov ham oltin medal uchun ringga ko`tariladi.

57 kg: Abdumalik Xalokov - Shudai Xarada (Yaponiya) (17:30 dan so`ng)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkaboev (Qozog`iston) (18:30 dan so`ng).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1