1

Xanchjou-2022: Bahodir Jalolov ham Osiyo o`yinlari chempioni bo`ldi

Sport 05.10.2023, 18:50
Xanchjou-2022: Bahodir Jalolov ham Osiyo o`yinlari chempioni bo`ldi

Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Bahodir Jalolov finalda azaliy raqiblaridan biri, qozog`istonlik Kamshibek Konkbaev ustidan yana bir bor g`alaba qozonib, Osiyo o`yinlari chempioniga aylandi.

Bundan tashqari, boks bahslarida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Abdumalik Xalokov delegasiyamiz hisobiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag`lub etib, Osiyo o`yinlari chempioniga aylandi.

Shunday qilib, bugun bokschilarimiz 3 ta oltinga sazovor bo`lishdi. 

Eslatib o`tamiz, sal avval Hasanboy Do`smatov finaldagi jangini g`alaba bilan yakunlab, oltin medalga sazovor bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1