Rossiya shu oydan Qozog`iston va O`zbekistonga gaz etkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumining yalpi majlisida so`zlagan nutqida aytib o`tdi.
Uning so`zlariga ko`ra, dastlab Rossiya uch milliard kub metr gaz etkazib beradi, keyinroq bu hajmlarni oshirish mumkin.
Uchrashuvda Putin, shuningdek, Rossiya G`arb davlatlariga gaz tranziti uchun Ukrainaga nega pul to`layotganini ham tushuntirdi. Uning so`zlariga ko`ra, bu "bu tranzit mamlakat bo`lgani uchun biz hamkasblarimiz oldidagi majburiyatlarni bajarishimiz kerak".
Avvalroq Qozog`iston energetika vaziri Almasadam Satkaliev Rossiya gazining Qozog`iston orqali O`zbekistonga tranziti oktyabr oyi oxirida boshlanishini ma`lum qilgandi. Shuningdek, u 1,5 milliarddan 10 milliard kub metrgacha bo`lgan Rossiya gazini O`zbekistonga tranzit qilish bo`yicha muzokaralar olib borilayotganini aytdi.






