AsosiyDunyo

Bayden Meksika bilan chegarada devor qurishga ruxsat berdi

'Bayden Meksika bilan chegarada devor qurishga ruxsat berdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma`muriyati Meksikadan noqonuniy immigrasiya oqimini to`xtatish uchun Texas janubida 30 km ga yaqin chegara devori qurishga ruxsat berdi. Bu haqda VVS xabar qilmoqda. 

Bayden lavozimga kirishgach, Donald Tramp davrida boshlangan chegara devori qurilishini darhol to`xtatgan edi.

Bu uning saylovoldi kampaniyasining asosiy nuqtalaridan biri edi - u "mening ma`muriyatim ostida bir metr ham devor qurilmaydi", deb va`da bergandi. 2021 yil 20 yanvardagi bayonotda “butun janubiy chegarani qamrab olgan ulkan devor qurish jiddiy siyosat qarori emas”, deyilgan.

Ammo chorshanba kuni Bayden ma`muriyati qurilishni davom ettirishga ruxsat berish uchun qonunni to`xtatib qo`yganini e`lon qildi. Bu bilan Bayden o`zidan oldingi prezident tomonidan keng qo`llanilgan ijro hokimiyati vakolatlaridan birinchi marta foydalandi.

 

    Boshqa yangiliklar