AsosiyDunyo

Xarkovdagi turar-joy binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida 48 kishi halok bo`ldi (video)

'Xarkovdagi turar-joy binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida 48 kishi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Xarkov viloyati rasmiylariga ko`ra, payshanba kuni rus qo`shinlari Kupyansk tumanidagi kafe va do`konga raketa hujumi uyushtirgan. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig`i o`zining Telegram kanalida xabar berdi.

"Hozirgi ma`lumotlarga ko`ra, vayronalar ostidan 48 kishining jasadi topilgan, ular orasida olti yoshli bola ham bor",  — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, olti jabrlanuvchi ma`lum, ular ichida bir nafar bola bor.

Favqulodda xizmatlar halokat joyida ishlashda davom etmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy holatga munosabat bildirib, "Rossiya terroriga chek qo`yish kerak. Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam beradigan har bir odam jinoyatchidir. Rossiyani hozirgacha qo`llab-quvvatlagan har bir odam yovuzlikni qo`llab-quvvatlamoqda. Rossiyaga bu va shunga o`xshash teraktlar faqat bitta maqsadda kerak: o`zining genosid agressiyasini butun dunyo uchun yangi normaga aylantirish. Hayotni asrashda bizni qo`llab-quvvatlayotgan har bir rahbarga, har bir insonga minnatdorchilik bildiraman!", - degan Zelenskiy.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar