Germaniya polisiyasi va bojxona xodimlari Myunxen va Tegernze shaharlarida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Evropa sanksiyalari ostida qolgan oligarx, milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo`lgan bir qancha mulklarni tintuv qilgani aytilmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Germaniya bojxona organlari tomonidan sanksiyalar bo`yicha tuzilgan «Matreshka» maxsus komissiyasi tintuvlar sud qarori asosida o`tkazilganini ma`lum qilgan. Germaniya rasmiylari rossiyalikning ismini oshkor qilmagan. Aytilishicha, gap milliarder o`zbekistonlik Alisher Usmonov haqida ketmoqda.
Germaniya nashrlarining yozishicha, polisiya Usmonovning Bavariyaning Rottax-Egern shahrida, Tegernzi ko`li qirg`og`idagi villasiga reyd uyushtirganini da`vo qilmoqda. Uydan qimmatbaho buyumlar, jumladan, Mersedes Maybach S500 kabi hashamatli avtomobillar musodara qilingan.
"Germaniya huquq-tartibot idoralarining Alisher Usmonovga nisbatan xatti-harakatlari katta hayrat va sharmandalik hissini uyg`otmoqda. Usmonov vakillari tintuvlar unga tegishli ob`ektlarda o`tkazilganini inkor etmoqda. Milliarder o`zi asos solgan trest aktivlari ustidan nazorat qilish huquqiga ega emas va trestga tegishli mol-mulk bilan hozir nima bo`layotganini bila olmaydi”, deyiladi tadbirkorning matbuot xizmati munosabatida.
Milliarderning matbuot xizmati qidiruvlarni qo`rqitishning navbatdagi epizodi deb atagan.






