AQSh prezidenti Jo Bayden Eron hukumatini tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan janubiy ozarbayjonlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiyni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda Amerika etakchisining Oq uy saytida chop etilgan bayonotida aytiladi, deya yozmoqda Meduza
"Men Eron hukumatini uni va boshqa gender tengligi faollarini zudlik bilan qamoqdan ozod qilishga chaqiraman", deyiladi bayonotda.
Baydenning qo`shimcha qilishicha, Qo`shma Shtatlar inson huquqlari buzilishi uchun javobgar bo`lgan Eron rasmiylaridan javobgarlikni talab qilishda davom etish niyatida.
Eslatib o`tamiz, 6 oktyabr kuni ayollar huquqlarini himoya qiluvchi va mamlakat hukumati tomonidan qamalgan janubiy ozarbayjonlik huquq faoli Narges Muhammadiy 2023 yil uchun tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti laureati bo`ldi.






