AsosiyJamiyat

6 ta tijorat banki Markaziy bank tomonidan jarimaga tortildi

'6 ta tijorat banki Markaziy bank tomonidan jarimaga tortildi'ning rasmi

Bank nazorati qo`mitasi tomonidan Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari ijrosini ta`minlash maqsadida 2023 yilning sentyabr oyidagi yig`ilishlarida qoidabuzarliklar sodir etgan qator tijorat banklari ogohlantirildi. 

Qayd etilishicha, o`tgan oyda bitta tijorat banki va bitta to`lov tashkilotining ayrim operasiyalarini amalga oshirishiga cheklov o`rnatilgan hamda 13 ta tijorat banki faoliyatida qoidabuzarliklar aniqlangani sababli chora va sanksiyalar qo`llanishi to`g`risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, 6 ta tijorat bankiga nisbatan jarima chorasi qo`llangan hamda ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmagani munosabati bilan bitta tijorat bankining aktiv va passiv operasiyalarini to`xtatish hamda to`rtta to`lov tashkilotidan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalarini chaqirib olish to`g`risida qarorlar qabul qilindi.

“Tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ehtimoliy yo`qotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish, shuningdek, Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf qilish va moliyaviy holatni sog`lomlashtirish bilan bog`liq talablarga rioya etish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi va vazifalar yuklatildi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar