AsosiyJamiyat

"Mahallabay" ishlash tizimining vazifalarini bajarish uchun 48 503 nafar fuqaroga jami 196,7 mlrd.so`m subsidiya ajratildi

'"Mahallabay" ishlash tizimining vazifalarini bajarish uchun 48 503 nafar fuqaroga jami 196,7 mlrd.so`m subsidiya ajratildi'ning rasmi

 Mahalla faqatgina yurtimizga hos bo`lgan institutdir.  Bu aholi bilan bevosita ishlashning eng samarali va an`anaviy mexanizmidir. Zero, mavjud muammolar joyida tez va samarali hal qilinsa insonlar farovonligi yaxshilanidi.  


Shuni inobatga olib, aholi bandligini ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga kambag`allikni qisqartirishga e`tibor qaratish, aholi hayotidagi muammolarni tizimli o`rganish va o`z vaqtida, to`lig`icha hal etishga xizmat qiluvchi «mahallabay» ishlash tizimi joriy etildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi farmoniga muvofiq, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta`sis etilgan edi.
«Mahallabay» ishlash tizimining asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilarni keltirib o`tish mumkin: 
– aholida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga oid qiziqish va intilishlarini aniqlash va ularning mazkur faoliyat bilan shug`ullanishlari uchun bilim va ko`nikmalarni hosil qilishga qaratilgan o`quv kurslarini tashkil etish; 
– yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka bo`lgan qiziqishlarini amalga oshirishlari uchun amaliy yordam ko`rsatish orqali kambag`allikni qisqartirish. 
Jumladan, tadbirkorlik va o`zini o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so`mgacha, xotin-qizlarga 10 million so`mgacha subsidiyalar ajratiladi; 
– banklar mahallalardagi aholining tadbirkorlik intilishlarini ro`yobga chiqarishda kreditlardan foydalanishlari uchun biznes-rejalarni ishlab chiqishda maslahatlar berish, zarur biznes axborotlarni berib borish; 
– hududlarda aholi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo`ladigan shart-sharoitlarni yaratish, mavjud to`siqlarni to`lig`icha bartaraf etish orqali aholining tadbirkorlikni yo`lga qo`yish orqali daromadga ega bo`lishlarini ta`minlash. 
Misol uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub`ekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tgandan so`ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to`lovini to`lash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiyalar beriladi. 
Yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida maqsadida 48 503 nafar fuqaroga jami 196,7 mlrd.so`m subsidiya ajratildi. Shundan, 39 749 nafar xotin-qizlarga 163,7 mlrd.so`m, shu jumladan "Ayollar daftari"ga kiritilganlar 
23 199 nafarga 110.7 mlrd.so`m.  
Xulosalar Hududlardagi ahvolni mahalla ahli va faollaridan yaxshi hech kim bilmaydi. Binobarin, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta`minlash, extiyojmand oilalarga manzilli erdam ko`rsatish kabi eng dolzarb masalalarning echimi birinchi navbatda mahallalarda topilishi kerak. 
Ko`plab masalalar ortiqcha qog`ozbozliksiz, yugur-yugurlarsiz mahalladan chiqmay turib hal bo`ladigan bo`ldi. Bir necha yillardan buyon echimi topilmay kelayotgan muammolarga xonadonbay ishni tashkil etgan holda yordam berilmokda. 
yana bir muhim jihatlardan biri – mahallalarda kambag`allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish orqali oilaviy sharoitlarni yaxshilashga erishildi.

    Boshqa yangiliklar