AsosiyJamiyat

Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga 196,7 mlrd so`m subsidiya ajratilgan

'Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga 196,7 mlrd so`m subsidiya ajratilgan'ning rasmi

O`zbekistonda aholi bandligini ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga kambag`allikni qisqartirishga e`tibor qaratish, aholi hayotidagi muammolarni tizimli o`rganish va o`z vaqtida, to`lig`icha hal etishga xizmat qiluvchi "mahallabay" ishlash tizimi joriy etildi. Har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta`sis etilgan edi.

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Darakchi.uz`ga bergan ma`lumotiga ko`ra, 48 503 nafar fuqaroga jami 196,7 mlrd.so`m subsidiya ajratildi. Shundan, 39 749 nafar xotin-qizlarga 163,7 mlrd.so`m, shu jumladan "Ayollar daftari"ga kiritilganlar 23 199 nafarga 110.7mlrd.so`m mablag` ajratilgan.

Ma`lumot o`rnida, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub`ekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tgandan so`ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to`lovini to`lash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiyalar beriladi. 

Hududlardagi ahvolni mahalla ahli va faollaridan yaxshi hech kim bilmaydi. Binobarin, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta`minlash, extiyojmand oilalarga manzilli erdam ko`rsatish kabi eng dolzarb masalalarning echimi birinchi navbatda mahallalarda topilishi kerak.

Qayd etilishicha, so`nggi paytda olib borilayotgan islohotlar natijasida ko`plab masalalar ortiqcha qog`ozbozliksiz, yugur-yugurlarsiz mahalladan chiqmay turib hal bo`ladigan bo`ldi. Bir necha yillardan buyon echimi topilmay kelayotgan muammolarga xonadonbay ishni tashkil etgan holda yordam berilmoqda. 

Yana bir muhim jihatlardan biri – mahallalarda kambag`allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish orqali oilaviy sharoitlarni yaxshilashga erishilgan.

Ma`lumot o`rnida, "Mahallabay" ishlash tizimining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  • –aholida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga oid qiziqish va intilishlarini aniqlash va ularning mazkur faoliyat bilan shug`ullanishlari uchun bilim va ko`nikmalarni hosil qilishga qaratilgan o`quv kurslarini tashkil etish;
  • yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka bo`lgan qiziqishlarini amalga oshirishlari uchun amaliy yordam ko`rsatish orqali kambag`allikni qisqartirish. 

Jumladan, tadbirkorlik va o`zini o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsiz, shu jumladan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so`mgacha, xotin-qizlarga 10 million so`mgacha subsidiyalar ajratiladi.

  • banklar mahallalardagi aholining tadbirkorlik intilishlarini ro`yobga chiqarishda kreditlardan foydalanishlari uchun biznes-rejalarni ishlab chiqishda maslahatlar berish, zarur biznes axborotlarni berib borish;
  • hududlarda aholi tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo`ladigan shart-sharoitlarni yaratish, mavjud to`siqlarni to`lig`icha bartaraf etish orqali aholining tadbirkorlikni yo`lga qo`yish orqali daromadga ega bo`lishlarini ta`minlash.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar