AsosiyJamiyat

O`zbekistonda fuqaroligi bo`lmagan chet ellik tibbiyot xodimlari ham malaka toifasini olishi mumkin

'O`zbekistonda fuqaroligi bo`lmagan  chet ellik tibbiyot xodimlari ham malaka toifasini olishi mumkin'ning rasmi

SSVning ma`lum qilishicha, hukumatning tegishli qarori bilan Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasqidlangan.

Mazkur hujjat tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatish tartibini belgilaydi.  

Ushbu jarayonni tashkil etish bo`yicha Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi direktori Sanjar Sharipov ma`lumot berdi.

 Malaka toifalari Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy bo`ysunuvidan qat`i nazar:

  •  tibbiyot va farmasevtika faoliyati bilan shug`ullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan shifokorlar, farmasevtlar;  

 

  •  “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo`lgan hamshiralar, o`rta tibbiyot va o`rta farmasevtika xodimlari;  

 

  • ️ O`zbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot va farmasevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga beriladi.

 Shifokor va farmasevtlar har besh yilda bir marta malaka toifasini berish bo`yicha navbatdagi majburiy attestasiyadan o`tkaziladi.  

Ilgari attestasiyadan o`tmagan va ishga yangi qabul kilingan shifokorlar hamda farmasevtlar yoki oliy ta`lim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmasevtlar mutaxassisligi bo`yicha uch yil ish stajiga ega bo`lgandan so`ng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestasiyadan o`tkaziladi.

Shifokor va farmasevtlar malaka toifasini berish bo`yicha majburiy attestasiyaga o`z muddatida jalb etilishi uchun shifokor va farmasevtlar faoliyat ko`rsatayotgan tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar