AsosiyJamiyat

Qo`qondagi bozor va xiyobolarda yuzdan tanib oluvchi kameralar o`rnatildi

'Qo`qondagi bozor va xiyobolarda yuzdan tanib oluvchi kameralar o`rnatildi'ning rasmi

Qo`qon shahridagi katta bozorlar va bog`larning kirish joyiga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o`rnatilmoqda. Bu haqda Darakchi.uz manbasi xabar berdi.  

Xabarga ko`ra,  Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig`i Polkovnik Shavkat Akbarov va ma`sul xodimlar Qo`qon shahridagi bozorlarga tashrif buyurib, bozorda amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlarni paysalga solib kelayotgan savdo majmuasi rahbarlarining harakasizligini tanqid ostiga olib, jiddiy muhokama qildi.  

Bugungi kunda, Qo`qon, Farobiy, Buyuk ipak yo`li, Rizq Baraka, Istiqlol, Muzaffar savdo komplekslariga jami ikki ming oltmish to`rtta kameralar o`rnatilgan.  Bozor hududidagi va istirohat bo`g`laridagi yuzdan tanib oluvchi va Ip kameralar Milliy gvardiyaga hamda Ichki ishlar boshqarmasiga integrasiya qilindi.  

Har bir bozor ma`muriyatida kuzatuv markazlari tashkil etilgan bo`lib, savdo majmuasining kameralari situasion sentrga integrasiya qilindi.  

    Boshqa yangiliklar