AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar uchun un zaxirasi etarlimi?

'O`zbekistonliklar uchun un zaxirasi etarlimi?'ning rasmi

Ichki bozorni un maxsulotlari bilan ta`minlash uchun zaxira etarli

Joriy yil hosilidan respublikamiz g`allakorlari tomonidan 8,1 million tonnalik g`alla xirmoni yaratilgan. 

8,1 mln tonnalik g`alla xirmonini yaratishda respublika fermer xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda o`rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

Shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta`minlash darajasi o`tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

Jumladan, sohada yaratilgan imkoniyatlar natijasida ishlab chiqaruvchi xo`jalik subektlari tomonidan import qilingan bug`doyni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan 926 ming tonna un mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo`lib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobarga oshgan.

Bu esa o`z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, tashqi bozorlarda  mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hamda xo`jalik subektlarining eksport amaliyotlari orqali respublika iqtisodiyotiga valyuta oqimining  kirishini ta`minlamoqda.

    Boshqa yangiliklar