AsosiyJamiyat

“Toshkent” aeroportining aerodrom majmuasini kapital ta`mirlash ishlari boshlandi

'“Toshkent” aeroportining aerodrom majmuasini   kapital ta`mirlash ishlari boshlandi'ning rasmi

“Toshkent” aeroportida samolyotlar to`xtash joylarini kapital ta`mirlash ishlari boshlangani ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, Toshkent aeroportining aerodrom majmuasini ta`mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, B1-B5 va B11-B17 samolyot turar joylarini, shuningdek, RD-B yurish yo`lini kapital ta`mirlash ishlari boshlandi. Kapital ta`mirlash doirasida sun`iy qoplama mustahkamlanadi.

“Bu joyda oxirgi marta ta`mirlash ishlari 2000 yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq bo`lganligi sababli ta`mirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan”, — deya izoh berildi “Uzbekistan Airports”ning parvozlarga aerodromda texnik ta`minot ko`rsatish bo`limida.

Ta`mirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar