AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktablardan birida chayon chiqqani haqidagi xabarga izoh berildi

'Toshkentdagi maktablardan birida chayon chiqqani haqidagi xabarga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi 260-maktab o`quvchilari sinfxonalardan birida chayon topganligi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati holatga izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o`rganildi. Unga ko`ra, 2023 yil 6 oktyabr kuni 260-maktabda taxminan soat 10.20 larda yuqori sinf o`quvchilari sinfxonada emas, koridorda jonsiz chayon topib, videotasvirga olishgan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

O`rganishlar chog`ida aniqlanishicha, maktabning 9-sinf o`quvchisi R.A. o`zi bilan qog`oz qutida maktabga jonsiz chayon olib kelgan va maktabdoshlariga hazillashish maqsadida chayonni koridorda qoldirgan. Bu xatti-harakati uchun o`quvchi R.A. bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, bunday hol takrorlanmasligini oldini olish maqsadida maktab o`quvchilari bilan IIB inspektor-psixologi ishtirokida profilaktik suhbat o`tkazildi.

"Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, 2023 yil 7 oktyabr kuni Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari jalb etilib, maktab oshxonasi, sport zali, koridorlar hamda sinfxonalarida turli hashoratlarga qarshi dezinfeksiya va  dezinseksiya ishlari amalga oshirildi", deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar