2023 yilning 07 oktyabr kuni Jondor tumani Bahoriston MFY Hojikanda qishlog`ida yashagan fuqarolar 1989 yilda tug`ilgan R.M hamda 1994 yilda tug`ilgan B.Sh ushbu qishloqda yashovchi 39 yoshli S.Aning uyida ustachilik faoliyati bilan shug`ullanayotgan paytida elektr toki urishi natijasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga xabar berdi.
"Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi",–deyiladi xabarda.






