AsosiyJamiyat

O`zbekiston Falastin-Isroil mojarosi yuzasidan bayonot berdi

'O`zbekiston Falastin-Isroil mojarosi yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko`plab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi.

Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko`rishga chaqiramiz.

So`nggi voqealar munosabati bilan halok bo`lganlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar