Viloyat bojxonachilari tomonidan pnevmatik qurolni noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasining qurol to`g`risidagi qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o`q-dorilarini O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish qilish tegishli organlar ruxsatnomalariga ko`ra amalga oshiriladi.
“Yallama” chegara bojxona post xodimlari tomonidan O`zbekistonda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kurerlik jo`natmalari bojxona nazoratidan o`tkazilgan.
Tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o`tkazilgan tekshiruv davomida, “MERCEDES BENZ VITO” rusumli avtotransport vositasiga yuklangan kurerlik jo`natmalari orasida hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlari bo`lmagan 1 dona “STALKER S84” nomli pnevmatik quroli, 1 dona “QUARTA air strike” nomli gaz baloni hamda 1 250 dona o`qlar borligi aniqlangan.
Ma`lum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.