AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 to`p “Tojik kovragi” kesib ketildi

'Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 to`p  “Tojik kovragi” kesib ketildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining “Bobotog`” davlat o`rmon xo`jaligida ishlovchi xodimlarning o`z ishiga sovuqqonligi oqibatida 611 to`p “Tojik kovragi” o`simligi kesib ketildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Viloyat prokuraturasi va Uzun tuman IIB tomonidan nazorat tadbirlari ushbu o`rmon xo`jaligining “Fayzova” bo`limi 6-aylanma yo`li 7-kvartalining “Archabuloq” massivi hududida o`tkazilgan. Ta`kidlanishicha, aynan mana shu hududda tojik kavragi tabiiy ravishda o`sadi.

“Mazkur holat yuzasidan tegishlicha, birlamchi hujjatlar tayyorlanib, tabiatga etkazilgan zarar hisoblanmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida, “Tojik kovragi” Qizil kitobga kiritilgan noyob o`simlik hisoblanadi. Kovrakning O`zbekistonda 50 dan ziyod turi uchraydi. Uning elim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o`pka sili, o`lat, zaxm, ko`k yo`tal, tish og`rig`i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, shuningdek, quvvat beruvchi, balg`am ko`chiruvchi va gijja haydovchi malham sifatida qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar