Rossiyadagi o`zbekistonlik mehnat muhojirlariga ko`mak berish uchun komissiya ish boshladi.
Qayd etilishicha, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranboev boshchiligidagi komissiya a`zolari Novosibirsk shahrida istiqomat qiladigan o`zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun mo`ljallangan yotoqxonalarda bo`lib u erda o`rganish ishlarini olib bordi.
O`rganishlar jarayonida yotoqxonada istiqomat qiladigan 62 nafar hamyurtlarimiz bilan bilan ochiq muloqot tashkil etilib, masalalar shu erning o`zida hal etilib, qolganlari ishlab chiqiladigan yo`l xaritaga qo`shishga kelishib olindi.
Atroflicha o`rganishni taqozo etadigan murojaatlarni hal etish bo`yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilgan.






