AsosiyJamiyat

Surayyo Rahmonova nomzodi Bolalar ombudsmani lavozimiga tasdiqlandi

'Surayyo Rahmonova nomzodi Bolalar ombudsmani lavozimiga tasdiqlandi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Surayyo Rahmonova nomzodini Bola huquqlari bo`yicha vakil (ombudsman) lavozimiga tasdiqladi. Bu masala bugun, 10 oktyabr kuni bo`lib o`tgan navbatdagi yalpi yig`ilishda ko`rib chiqildi.

Surayyo Rahmonova deputatlarning ko`pchilik ovozi bilan ushbu lavozimga tasdiqlangan. Endilikda uning nomzodi Senatda ham ma`qullanishi kerak.

Ma`lumot uchun, Surayyo Rahmonova 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasini olgan. 2015 yilda dosent ilmiy unvoni, 2018 yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo`lgan.

Surayyo Rahmonova tayinlovga qadar 2018 yilda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo`lim boshlig`i, 2019 yilda AOKA bo`lim boshlig`i va 2022 yildan Senatning jamoatchilik bilan aloqalar bo`limida faoliyat ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar