AsosiyJamiyat

Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Ertangi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet” 11-oktyabr, chorshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 27-29 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. 

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja, Xorazm viloyatida 20-22 darajagacha bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja, cho`l hududlarda 18-23 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar