Bugun, 10 oktyabr kuni O`zbekiston zilziladan jabr chekkan qo`shni Afg`oniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Insonparvarlik yordami O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida etkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Yuborilgan yordam yuki tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari: un, bug`doy, yog`, makaron, go`sht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam uchun zaruriy barcha vositalar bor.
Yordam yuki My Freighter aviakompaniyasining Boeing-747 yuk samolyotida Hirot shahriga etkazib berildi.






