AsosiyJamiyat

Tibbiyot xodimi navbatdan tashqari malaka toifasini olish bo`yicha attestasiyadan o`tsa, ish haqi oshiriladi - SSV

'Tibbiyot xodimi navbatdan tashqari malaka toifasini olish bo`yicha attestasiyadan o`tsa, ish haqi oshiriladi - SSV'ning rasmi

O`zbekistonda tibbiyot xodimi navbatdan tashqari malaka toifasini olish bo`yicha attestasiyadan o`tsa, ish haqi oshiriladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamentiga ko`ra, tibbiyot va farmasevtika xodimlari o`z xohishiga ko`ra navbatdan tashqari malaka toifasini berish bo`yicha attestasiyadan o`tkazilishi mumkin.

O`z xohishi bilan navbatdan tashqari attestasiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmasevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo`yicha haq to`lanadi.

Navbatdan tashqari attestasiyada katnashib, undan o`ta olmagan xodimlarning malaka toifasi tushirilmaydi.

Davolash-profilaktika tashkilotlari rahbarlari navbatdagi majburiy attestasiyadan o`tish muddati tugashidan olti oy oldin shifokor va farmasevtlarni attestasiyadan o`tishi lozimligi to`g`risida yozma ravishda xabardor qilishi zarur.

Shuningdek, rahbariyat tomonidan xodim tibbiyot va farmasevtika xodimlari attestasiyadan o`tkazish tartibi bilan tanishtirilishi hamda attestasiyadan o`tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishi tashkil etilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar