Joriy yilning 12-14 oktyabr kunlari O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
“O`zgidromet” xabariga ko`ra, 12-13 oktyabr kunlari respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, 13 oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O`zbekistonning tog`oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, tog`larda qorga aylanadi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-14 oktyabrda havo harorati kunduz kunlari +10...+15 darajagacha, kechalari +2...+5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda -1...-3 daraja sovuqqacha bo`lishi mumkin.






