AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo`nalishida nimalarga erishildi?

'O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo`nalishida nimalarga erishildi?'ning rasmi

O`zbekistonning yangilangan konstitusiyasida axolini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor berilgan. Endilikda davlatimizda ijtimoiy adolat tamoyili keng tadbiq qilinib, har bir inson uchun munosib sharoitlar yaratib beriladi. 

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitusiyada mehnatga layoqatsiz va yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo`lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.

Aynan shu sababli, 2023 yili O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzildi. Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi qabul kilindi. Uning maqsadlardan biri – mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy ta`minot bilan qamrab olish, ijtimoiy sug`urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini mustahkamlash, xususan ijtimoiy yordam tayinlash mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishdan iborat.

Shu bilan birga, so`nggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish ko`lami va turlarini kengaytirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilgani hech kimga sir emas.
        Jumladan:
        – 2016 yildan 2022 yilgacha ijtimoiy nafaqalarga ajratilayotgan mablag` 10 baravarga oshirilib, 11 trln. so`mga etkazildi. Buning natijasida ijtimoiy nafaqa olayotgan oilalar soni 2,1 milliondan oshdi, bu respublikadagi barcha oilalarning 23,3 foizini tashkil etadi. 
        – Kam ta`minlangan oilalarga 2021 yildan boshlab Ijtimoiy himoya yagona reestri orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to`liq yo`lga qo`yildi.  Bu esa tizim faoliyati shaffofligini ta`minlash imkoniyatini berdi.  
        – Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyasiya darajasiga qarab indeksasiyalab borish maqsadida 2023 yil 1 apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirilib, 4,4 mln. nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob kitob qilib chiqildi.
        – Nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab quvvatlash maqsadida, nogironlik pensiya va nafaqalarning eng kami miqdori 747,0 ming so`mga etkazilib, 2017 yilning yil boshiga nisbatan 5,1 baravarga o`sgan (2017 yil 1 yanvar holatiga eng kam nogironlik pensiya miqdori 146,5 ming.so`m):
        – 2022 yilning avgust oyida Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etildi. 2023 yilda Respublika byudjeti mablag`lari doirasida jamg`arma xarajatlari uchun 300,7 mlrd.so`m.

Sentyabr oyidan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali xususiy sektorda band bo`lgan ayollarga homiladorlik va tug`ish nafaqalarini proaktiv shaklda tayinlash va to`lash yo`lga qo`yildi.

2023 yilda yanvar-iyul oylarida 9,1 ming nafardan ko`p ayollarga jami 18,2 mlrd. so`mlik homiladorlik va tug`ish nafaqasi tayinlandi. 
        – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-299-son qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab bo`lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko`maklashish bo`yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tajribasi joriy etildi.

2023 yilning 1- yarim yillik davrida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali 30 nafar fuqaroga jami 278,4 mln.so`mlik “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar