AsosiyJamiyat

Issiq suv hisoblagichlari uchun “Telegram-bot” yaratildi

'Issiq suv hisoblagichlari uchun “Telegram-bot” yaratildi'ning rasmi

Issiq suv hisoblagichlari uchun “Telegram-bot” yaratildi. Botdan o`zbek va rus tillarida foydalanish hamda hisoblagich ko`rsatkichlarini bir necha daqiqada u orqali yuborish mumkin.

Loyiha “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasiga tegishli bo`lib, ular issiq suv hisoblagichlarining ko`rsatkichlarini yuborish uchun “Telegram-bot"ni ishga tushirdi. Bot yordamida hisoblagich ko`rsatkichlarini jo`natib, ma`lumotlarni olish mumkinligi aytilmoqda.

@vet_pokazaniya_bot botidan o`zbek va rus tillarida foydalanish hamda hisoblagich ko`rsatkichlarini bir necha daqiqada u orqali yuborish mumkin. Ma`lumotni jo`natish uchun shaxsiy hisob va telefon raqamni yuborish kerak. Ma`lumotlarni olgandan so`ng, “Telegram-bot” tasdiqlash uchun so`rov yuboradi.

Agar kvartirada 2 va undan ortiq hisoblagich o`rnatilgan bo`lsa, unda ko`rsatkichlarni jamlab, umumiy summani botga yuborish zarur.

Bundan tashqari, agar ma`lumotlarni kiritishda xatoga yo`l qo`yilsa, to`g`ri ma`lumotlarni botga qayta yuborish kerak. Oxirgi olingan ko`rsatkichlar “Veolia Energy Tashkent” ma`lumotlar bazasida ko`rsatiladi.

Kompaniya bot orqali olingan ko`rsatkichlarni iste`molchilarning shaxsiy akkauntlariga muntazam ravishda yuklab boradi.

    Boshqa yangiliklar