AsosiyDunyo

Isroil XAMASning ikki yuqori martabali a`zosi o`ldirilganini e`lon qildi

'Isroil XAMASning ikki yuqori martabali a`zosi o`ldirilganini e`lon qildi'ning rasmi

Isroil mudofaa kuchlari XAMASning Iqtisodiyot vaziri Javad Abu Shamalni o`ldirganini e`lon qildi. Bu haqda Isroil harbiylarining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog`idagi xabarida aytiladi.

Unga ko`ra, u XAMASning moliyasini boshqargan va G`azo sektori ichida va tashqarisida terrorizmni moliyalashtirish uchun pul ajratgan.

Aytilishicha, Abu Shamal avvalroq XAMAS xavfsizlik xizmatida turli lavozimlarda ishlagan va Isroil fuqarolariga zarar etkazishga qaratilgan qator operasiyalarni boshqargan.

Isroil armiyasining G`azo sektoriga bergan zarbalari natijasida XAMASning yana bir yuqori martabali a`zosi Zakariya Abu Maamar ham halok bo`ldi, deb xabar bermoqda Sky News Isroil mudofaa kuchlariga tayanib. Xamasning ikki yuqori martabali a`zosi o`ldirilgani haqidagi xabarlardan ular o`ldirilgan paytda bir joyda bo`lganmi va xuddi shu hujumda halok bo`lganmi, aniq emas.

Eslatib o`tamiz, Xamas jangarilari 7 oktyabr kuni ertalab Isroilga hujum qildi. Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektoriga yirik hujumlarni boshladi. Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanligini rasman e`lon qildi.

Soat 16:30 holatiga ko`ra, Isroil hukumati XAMAS jangarilarining hujumi natijasida 1000 kishi halok bo`lgan va 3400 kishi yaralangan. Falastin tomoni Isroilning G`azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 700 kishi halok bo`lganini, yana to`rt mingga yaqin kishi jarohatlanganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar