Senat raisi Tanzila Narbaeva Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Teri Xakala bilan uchrashdi. Uchrashuvda O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasida savdo-iqtisodiy, inson huquqlarini ta`minlash borasidagi hamkorlik hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.
"Evropa Ittifoqi – O`zbekiston" parlament hamkorligi qo`mitasi doirasidagi muloqot parlamentlararo munosabatlarning muhim va samarali mexanizmidir. Qolaversa, mazkur format munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun muhim platformaga aylanib ulgurdi.
"Suhbat davomida iqtisodiy hamkorlik masalalariga asosiy ustuvor yo`nalish sifatida e`tibor qaratdik. Xususan, o`zbek mahsulotlarini Evropa bozoriga eksport qilishning rag`batlantiruvchi omiliga aylangan “GSP+” rejimini yangi muddatga uzaytirish yuzasidan fikr almashdik.
Hamkorligimizning amaliy natijasi sifatida 2024 yil uchun Oliy Majlis Senati va Evropa parlamenti o`rtasida amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda uni tizimli tatbiq etishga kelishib oldik", deyiladi Senat raisi e`lon qilgan xabarda.






