AsosiyDunyo

AQShda dunyodagi eng katta qovoq etishtirildi

'AQShda dunyodagi eng katta qovoq etishtirildi'ning rasmi

Minnesotalik o`qituvchi AQShda har yili o`tkaziladigan oshqovoq musobaqasida g`olib bo`ldi deb xabar bormoqda Zamon.uz

Musobaqa Kaliforniyada 50-marotaba o`tkazilmoqda. Forkliftlar va maxsus kamarlar yordamida ulkan qovoqlar raqamli tarozilarga joylashtirildi.

G`olib bo`lgan sabzavotning vazni deyarli 1300 kilogrammni tashkil etdi. Shunday qilib, o`qituvchi Trevis Ginger eng og`ir qovoq etishtirish bo`yicha yangi jahon rekordini o`rnatdi.

Mukofot 30 ming dollarni tashkil etdi. Ma`lum qilinishicha, gigant sabzavot 14 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan qovoq festivalida taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar