AsosiyJamiyat

DXX Andijon va Qoraqalpog`istonda er maydonlarini noqonuniy sotayotganlarni qo`lga oldi (video)

'DXX Andijon va Qoraqalpog`istonda er maydonlarini noqonuniy sotayotganlarni qo`lga oldi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi, 1980 y.t. shaxs o`zganing ishonchiga kirib, kadastr tizimidagi tanishlari orqali 8 sotix noturar er maydonini turar joy toifasiga o`zgartirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Andijon viloyatining Oltinko`l tumanidagi paxta va g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jalik rahbari boshqa bir fermer xo`jalik balansida bo`lgan 50 sotix er maydonini go`yoki o`ziga tegishli ekanligini aytib, uni xaridorga 117.500 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Qo`ng`irot tumanida yashovchi, 1959 y.t. shaxs o`zganing ishonchiga kirib, davlat zaxirasida bo`lgan 25 gektar er maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 85 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar