AsosiyJamiyat

O`zbekistonda metrodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

'O`zbekistonda metrodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan “Metropolitenda yo`lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo`lishi qoidalari” tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko`ra, Metropolitenda yo`lovchining bo`lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo`l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo`lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko`rsatishi bilan tasdiqlanadi.

Yo`lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko`zdan kechirish uchun taqdim etadi. Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko`zdan kechirish jarayonida o`zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko`zdan kechirilishi mumkin.

Yo`lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko`zdan kechirishdan o`tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.

Metropoliten infratuzilmasi ob`ektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:

  • yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug`ullanish;
  • va shu bilan bog`liq ko`ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;
  • metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, er usti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to`plash, yoqish
  • va gulxanlar tashkil etish;
  • gaz yoqilg`isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong`in o`chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.

Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:

  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste`mol qilish yoki mast holda kirish;
  • qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
  • metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo`lish;
  • bekatga yo`lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo`lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig`iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
  • bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to`plarini o`ynash.

Yo`lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

  • o`zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo`lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo`lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g`ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang`i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;
  • nogironligi bo`lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo`lgan shaxslar aravachasini ko`taruvchi/tushuruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko`ra tegishli xodimlardan yordam olish;
  • bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;
  • o`lchamlariga ko`ra uchta o`lchovi yig`indisi bo`yicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr bo`lgan yuklarni bepul olib yurish.

    Boshqa yangiliklar