AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Bugun kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27°, shimolda 10-15° bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo`ladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar