AsosiyJamiyat

O`zbekiston Janubiy Koreya va Chexiyadan tezyurar elektr poezdi sotib oladi

'O`zbekiston Janubiy Koreya va Chexiyadan tezyurar elektr poezdi sotib oladi'ning rasmi

O`zbekiston  Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poezdi xarid qilinadi.

Buning uchun Janubiy Koreyaning Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg`armasidan 35 yil muddatga 185 mln evro qarz olinadi.

Kredit 10 yillik imtiyozga ega bo`lib, yillik 0,1 foiz ustama bilan jalb qilinadi.

Shuningdek, hukumat Skoda Transportation kompaniyasidan to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzish orqali 30 ta zamonaviy elektr poezdlar xarid qiladi. Buning uchun Chexiya tijorat banklaridan 350 mln evrolik kredit 5,5 foizlik ustama bilan jalb qilinadi. Ikkala kredit ham hukumat kafolati ostida olinadi.

    Boshqa yangiliklar