AsosiyJamiyat

O`zbekistonning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili tayinlandi

'O`zbekistonning YuNESKO huzuridagi doimiy vakili tayinlandi'ning rasmi

O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlangan Kamol Muxtorov o`z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

Kamol Muxtorov 42 yoshda. U Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 2007 yildan boshlab Investisiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko`rsatgan. 2019 yildan buyon O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasida mas`ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.

Kamol Muxtorov 2018-2023 yillarda YuNESKOdagi doimiy vakillikni boshqargan va iyul oyida O`zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo`mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiev o`rnini egalladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar