Qozog`istondagi restoranda qarindoshlari bilan ishlayotgan o`zbekistonliklarning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo`yilib, ish haqilari berilmagan.
Jabrlanuvchilar bu haqda yurtimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga arz qilishgan.
Bosh konsulxona xodimlari hududiy polisiya xodimi yordamida vaziyatga aniqlik kiritgan. Restoran boshlig`i bilan muzokara o`tkazilib, yurtdoshlarimizning 3700 AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va hujjatlari undirib berildi.






